“The New York Post” oʻz muqovasida Nyu-York meri Mamdanini bolgʻa va oʻroq bilan tasvirladi
Foto: nypost
“The New York Post” gazetasi oʻz muqovasida yangi saylangan Nyu-York shahri meri Zohran Mamdanini bolgʻa va oʻroq bilan tasvirladi.
X ijtimoiy tarmogʻida chop etilgan muqovada siyosatchi qizil kostyum, oq koʻylak va qora galstuk taqqan holda tasvirlangan. Uning boshi ustida bolgʻa va oʻroq bor. Orqa fonda osmonoʻpar binolar fonida qizil yulduzlar aks etgan.
Nashr tomonidan keltirilgan Shahar saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, demokrat nomzod Mamdanini ovozlarning 50,4 foizi, uning raqibi, mustaqil nomzod Endryu Kuomoni esa 42 foizi ovoz olgan. Respublikachilar partiyasidan nomzod Kertis Sliva 7,1 foizlik kam farq bilan uchinchi oʻrinni egalladi.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzini demokratik sotsialist deb eʼlon qilgan 34 yoshli Mamdanining Nyu-York shahar meri lavozimidagi gʻalabasi AQSHning eng yirik shahrini iqtisodiy va ijtimoiy falokatga olib kelishini aytgan edi. Oq uy rahbari “kommunist” deb atagan siyosatchi, boshqa narsalar qatori, bepul avtobus yoʻllari va ijara haqini nazorat qilishni vaʼda qilgan.
Shuningdek, u Nyu-York shahri meri sifatida korrupsiyaga chek qoʻyishini va AQSH prezidenti Donald Tramp va uning izdoshlariga qarshi turishini vaʼda qildi.
“Nyu-York muhojirlar tomonidan qurilgan, muhojirlar tomonidan boshqariladigan va endi muhojir boshqaradigan muhojirlar shahri boʻlib qoladi”, — degan u.
Shu oʻrinda Mamdani AQSH prezidentiga ham murojaat qilib shunday dedi: “Menga quloq soling, Prezident Tramp, agar siz bizlardan birimizga yetib bormoqchi boʻlsangiz, barchamizdan oʻtishingiz kerak boʻladi”.
Tramp, agar “kommunist” bu “bir vaqtlardagi buyuk shahar”ning meri boʻlsa, Nyu-Yorkka federal mablagʻlar minimal miqdordan ortiq ajratilishi “ehtimoldan yiriq” degan.
Shu yilning 8-iyul kuni AQSH yetakchisi Mamdaniga agar u Nyu-York meri boʻlsa, “oʻzini yaxshi tutishi” kerakligini yoki “katta muammoga” duch kelishi bilan tahdid qilgan edi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, AQSH “Mamdanining falsafasiga tayyor emas va hech qachon tayyor boʻlmaydi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring