Tez tibbiy yordam boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi

14:08 12 Dekabr 2025 Jamiyat
201 0

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Samarqand viloyatida ham tibbiyotni rivojlantirish, uni xalqqa yana ham yaqinlashtirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Shu borada amalga oshirilayotgan loyihalarning samarasi oʻlaroq endilikda Oqdaryo tumanida Tez tibbiy yordam xizmati boʻlimi xodimlari zamonaviy barcha qulayliklar va shart-sharoitlarga ega boʻlgan ikki qavatli yangi binoda faoliyat olib boradigan boʻldi.

Mazkur yangi bino “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yil 1-mavsumida gʻolib deb topilib, shu asosda ajratilgan 1,45 milliard soʻm mablagʻ hisobiga bunyod etildi. Zamonaviy talablar asosida qad roslagan obyektda barcha zarur qulayliklar mavjud.

Tez tibbiy yordam xizmati boʻlimining yangi binosini foydalanishga topshirilishi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda tuman hokimligi hamda tibbiyot birlashmasi vakillari ishtirok etishib, bu yerda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер