“Tesla”ning savdo natijalari ochiqlandi
“Tesla” kompaniyasining aksiyalari tushib bormoqda. Shunday bir vaziyatda Donald Tramp Ilon Maskni qoʻllab-quvvatlash uchun “Tesla” avtomobilini sotib oldi.
Mask “X” ijtimoiy tarmogʻida elektromobillar ishlab chiqarishni kelasi yilda ikki baravarga oshirish niyatini bildirdi. Biroq bu maqsadning tafsilotlari oshkor etilmagan.
Kompaniyaning AQSHdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,1 million avtomobil, global savdoda esa 2024-yil davomida 1,8 million donani tashkil etdi.
Taʼkidlash joiz, “Tesla”ning aksiyalari 15 foizga tushib ketdi. Kompaniya xalqaro bozorda ham turli muammolarga duch kelib, sustlashib bormoqda. Germaniyada ushbu avtomobillar savdosi 76 foizga, Xitoyda esa oʻtgan yilga nisbatan 49 foizga pasaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring