Termizda EKO markazi tashkil etiladi: hokimlik rasmiy munosabat bildirdi

11:45 24 Noyabr 2025 Jamiyat
170 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston reproduktologlari assotsiatsiyasi raisi, tibbiyot fanlari doktori Dilmurod Irgashevning Surxondaryo viloyati hokimi nomiga yoʻllagan murojaati keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻldi. Murojaatda, jumladan, Termiz shahrida zamonaviy EKO markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, D.Irgashev tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar masʼullar tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Viloyat hokimining oʻrinbosari tadbirkor bilan telefon orqali bogʻlanib, murojaatda koʻtarilgan masalalarni batafsil muhokama qilgan.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, viloyat hokimligi Termizda EKO markazi tashkil etish tashabbusini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday markazning ochilishi aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirishi, bepushtlik muammosi bilan kurashishda yangi bosqichni boshlab berishini taʼkidlagan hokimlik, bu yoʻnalishda barcha zarur amaliy yordam va koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, D.Irgashevning vohada sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, reproduktiv salomatlik xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslari yuqori baholanmoqda. Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkor bilan kelgusida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishini maʼlum qildi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер