Temuriy shahzoda ko‘chirgan Qur’on nusxasi O‘zbekistonga olib kelinadi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra Temuriylar davrida ilm-fan va san’at taraqqiyotida katta hissa qo‘shgan Ibrohim Sulton qo‘li bilan ko‘chirilgan noyob Qur’on nusxasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda. Hozirda ushbu tarixiy qo‘lyozmaning bir nechta nusxasi Eron va boshqa xalqaro fondlarda saqlanayotgani ma’lum.
Manbalarga ko‘ra, 1423-yilda suls xatida ko‘chirilgan bir nusxa Ostoni Qudsi Rizaviy kutubxonasida, yana bir nusxa esa 1937-yilgacha Sherozdagi “Qur’on darvozasi”da saqlanib, keyinchalik Pors muzeyiga o‘tkazilgan. Ushbu ikki jildli qo‘lyozma o‘zining badiiy jihatdan nafisligi va bezaklari bilan alohida ajralib turadi. Bundan tashqari, Ibrohim Sulton tomonidan ko‘chirilgan yana bir nusxa Metropoliten muzeyida saqlanayotgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Qur’on qo‘lyozmalarining yuksak xattotlik san’ati bilan ijro etilgani, zarg‘aldoq va oltin bezaklar bilan yozilgani olimlar diqqat markazida. Ayni paytda ushbu noyob asarning faksimile nusxasi tayyorlanmoqda va kelgusida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu borada tadqiqot ishlarini filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov olib bormoqda.
Odinabonu BEGMAHMATOVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring