Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, birinchi navbatda, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalaridagi muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish choralari koʻrib chiqildi.
Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring