Temiryoʻl yoʻlovchilariga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati eʼlon qilindi

17:35 19 Dekabr 2024 Jamiyat
352 0

“Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori [851-son, 18.12.2024-y.] qabul qilindi.

Qarorga bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar roʻyxati;
  • Temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati;
  • Temir yoʻl transporti sohasida isteʼmolchilarga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati.

Bunda isteʼmolchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер