“Telegram”dagi sovgʻali oʻyinlar orqali firibgarlik qilgan shaxs aniqlandi

Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi 20 yoshli I.Yu. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 9.544.000 soʻm pullar nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 17 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlandi.
Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan A.A. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali “Prizli oʻyin” mazmunidagi yolgʻon eʼlonlar ostida soxta havola joʻnatib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi maʼlumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib, ular hisobidagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring