Telefoningizni kechasi quvvatga qoʻyib uxlamang -Toshkent FVB ogohlantirish bilan chiqdi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi telefon yoki quvvatlagich haddan tashqari qizib ketishi mumkin boʻlgan holatlardan ogohlikka chaqirdi.
Unda aytilishicha, elektr toki uzilishlari yoki kuchlanishning oʻzgarishi portlash yoki yongʻinga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, past sifatli yoki buzilgan quvvatlagich ishlatilsa, simlar erib ketishi yoki qisqa tutashuvi yoki elektr toki urishi ehtimoli mavjud.
Bundan tashqari, haddan tashqari quvvatlanish natijasida batareya shishib ketishi va ishlamay qolishi, ayrim holatlarda batareya portlashi yoki oʻzidan zaharli gazlar chiqarishi mumkin.
“Telefon toʻliq quvvatlangandan keyin ham quvvatlagich tarmoqdan uzilmasa, elektr energiyasi behuda sarflanadi”, — deyiladi xabarda.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shu kabi noxush holatlarning oldini olish uchun telefonni kechasi quvvatga qoʻyib uxlamaslik, telefon ortiqcha qizib ketgan boʻlsa, quvvatdan uzib, sovishini kutish hamda zarur boʻlmasa, doimiy ravishda 100 foiz quvvatda saqlamaslikni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring