Telefon chaqiruviga Qur’on qiroatini qo’ysa bo’ladimi?
Hindiston Islom akademiyasi — “Dor ul-ulum Deoband” telefonlarga rington va chaqiruv musiqasi o’rniga Qur’on oyatlari qo’yish mumkin emas degan fatvo chiqardi va bu bilan saudiyalik ulamolarning ayni masaladagi fikrini qo’llab-quvvatladi.
Bu haqda islamnews.ru sayti muftiy Orif Kozimiyning “Times of India” nashri bilan qilgan suhbatiga tayanib xabar berdi.
“Telefon hojatxonada jiringlab qolishi mumkin. Bunday vaziyatda Qur’on oyatlari yoki azonni eshitish Islom qonunlariga ziddir. Arabistonmi, Hindistonmi yoki er yuzining boshqa nuqtasimi – Islom hamma joyda bir. Shu sababli Saudiya Arabistonida chiqarilgan fatvo bu erda ham muhim, — deydi shayx Kozimiy. — Bundan tashqari, odamlar ko’pincha telefonga javob berish uchun oyatni yoki azonni yarmidan uzib qo’yadilar. Bu mumkin emas, bu xuddi birov Qur’on tilovat qilayotgan yoki azon aytayotganda, uni to’xtatib qolish bilan teng. Shuningdek, muqaddas Kalomning nopok joylarda yangrashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring