“Texnopark – Qipchoq” metro bekatlarida harakatning yoʻlga qoʻyilish sanasi ortga surildi
Maʼlumki, “Texnopark – Qipchoq” metro bekatlari oraligʻidagi harakat shu yilning 18-oktyabr sanasida faoliyatini boshlashi xabar qilingandi. Biroq, ushbu muddat yana uzayib, metro bekatlari 1-noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda. Bu haqida “Toshkent metropoliteni” xabar berdi
14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oraligʻida yerusti halqa yoʻli yoʻnalishida olib borilgan rejali profilaktika ishlari doirasida metro poyezdlar harakati vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu bekatlar oraligʻida keng koʻlamli tekshiruvlar oʻtkazilib, aniqlangan bir qator kamchiliklar bartaraf etilgan.
Jumladan, yoʻl holatlari toʻgʻrilanib, nosoz shpallar almashtirilgan. Shuningdek, drenaj tizimi holati oʻrganilgan hamda shagʻallar tekshiruvdan oʻtkazilgan.
“Avvalroq ushbu yoʻnalishning taxminan 18-oktyabrda faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi haqida maʼlumot berilgan edi. Biroq, sinov jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda kelgusida poyezdlar harakatini oldingiga nisbatan ikki barobar tezlashtirish, shuningdek oraliq vaqt intervallarini maksimal darajada qisqartirish maqsadida joriy yilning 1-noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda. Hozirgi paytda ushbu yoʻnalishda poyezdlar sinov tariqasida (yoʻlovchilarsiz) harakatlanmoqda”, — deyiladi “Toshkent metropoliteni” xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring