TDIU delegatsiyasi tomonidan Malayziya qirollik shahzodasiga esdalik sovgʻalari topshirildi
Xabaringiz bor, joriy yilning 7 — 9-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti oʻtkazildi.
Mazkur sammitda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ham qatnashdi. Xususan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etdi. Oliy taʼlim muassasalari uchun alohida pavilon ajratilgan boʻlib, unda oliygohlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida maʼlumotlar berildi.
Mazkur tadbir oliy taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Sammitni ochib berish uchun taklif etilgan Malayziya qirollik shahzodasi Ali Uddinuddin Ibni Tuanku Muhriz bilan ham uchrashdi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi tomonidan universitetning esdalik sovgʻasi taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring