“Tatariston kinosi kunlari” doirasida eng sara filmlar namoyish etilmoqda

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida joriy yilning 2 — 4-mart kunlari “Tatariston kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir doirasida tomoshabinlarga Tatariston kinematografiyasining eng sara filmlari taqdim etiladi.
Bugun “Gora vlyublennix” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi tatar diasporasi vakillari hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi. Film mashhur tatar shoiri Ildar Yuzeyevning "Gashiyklar tavi" ("Sevgililar tog‘i") asari asosida suratga olingan. Filmda Sayda va Yasmina ismli yoshlarning sevgisi haqida hikoya qilinadi. Ular o‘z sevgilarini abadiy saqlashga va’da berishadi va ular uchun muhim bo‘lgan tog‘da uchrashadilar. Biroq hayot ularni uzoq yillarga ajratib yuboradi.
Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘lmoqdalar.
Ma’lumot uchun, “Tatariston kinosi kunlari” doirasida “Nemaya kukushka”, “Ya pridu”, “Gora vlyublennix” hamda “Apipa” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir 4-mart sanasiga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring