Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov Rossiya Elchisi bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2022-yil 6-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari rahbarlari darajasida Qoʻshma komissiyaning 3-Majlisi, shuningdek, Samarqand shahrida 1-2 - dekabr kunlari boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Rossiya biznes-forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani qayd etildi.
Ikki tomonlama kelishuvlar va iqtisodiy loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring