Tashkent сity'da joylashgan “Nest One” binosida yongʻin yuzaga keldi

18:41 05 May 2022 Jamiyat
1252 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 5-may kuni soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan “Nest One” qurilish binosida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yongʻin soat 17:38 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida binoning D blok 7-qavatida taʼmirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.

Yongʻin oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер