Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida gʻolib deb topilmagan 364 ta loyiha uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi
Foto: Illustrativ surat
“Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–409-son, 25.10.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2022-yil iyul–sentyabr oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha 335 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Shuningdek, hokimliklar byudjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Qarorga koʻra:
tuman (shahar) byudjetlari mablagʻlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi – har yili fevral–mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun–iyul oylarida;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring