“Tashabbusli byudjet”: bino yangilandi, endi navbat – tibbiy asbob-uskunalarga
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Xovos tumanining Yangiyer mahallasi hududida joylashgan “Zafarobod” oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.
— “Tashabbusli byudjet“ tufayli eskirib qolgan oilaviy shifokorlik punkti binosi rekonstruksiya qilinib, yangi va koʻrkam holatga keltirildi, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Maqsatulla Narzullayev. — Shu bilan birga tibbiy jihozlar ham yangilandi.
Mazkur tibbiyot muassasasida “Dori-Darmon“ aksiyadorlik kompaniyasining Sirdaryo viloyati mintaqaviy boʻlinmasiga qarashli ijtimoiy dorixona faoliyati ham yoʻlga qoʻyilganligi barchaga manzur boʻldi.
Ayni vaqtda ushbu tibbiyot maskani jamoasi “Tashabbusli byudjet“ning ikkinchi mavsumida ishtirok etyapti. Loyihaga koʻra EKG, UTT kabi tibbiy apparat, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa kerakli jihozlar xarid qilinadi. Natijada kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash imkoniyatlari oshishi barobarida aholining EKG, UTT singari apparatlar orqali tibbiy tekshiruvlaridan oʻtish uchun tuman markazi yoki shaharga borishi, ortiqcha vaqt hamda pul sarflashiga hojat qolmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring