Taraqqiyot strategiyasi: qonun ustuvorligining muhim kafolati

Oxirgi besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi.
Endilikda, bosib oʻtilgan yoʻl va orttirilgan tajribalar, erishilgan yutuq va kamchiliklarni chuqur tahlil qilish orqali “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan holda aholi farovonligini taʼminlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklari hamda aniq marralarini belgilash vazifasi oldimizda turibdi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan hamda Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida «2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasidan farqli oʻlaroq, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini muhokama qilish jarayonida aholining katta qismi faol ishtirok etdi. Bu esa, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining yanada xalqchil boʻlishini taʼminladi.
Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda keyingi besh yil davomida amalga oshiriladigan islohotlar uchun dasturilamal vazifasini bajarib beradi. Unda mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish eng ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. Buning uchun bir nechta zarur maqsadlar nazarda tutilgan.
Jumladan, mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash maqsadi belgilangan boʻlib, ushbu maqsadga xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni soʻzsiz taʼminlash, xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, davlat idorasining rasmiy maʼlumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish orqali erishish mumkin.
Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadi boʻyicha asosiy eʼtibor fuqarolarga huquqiy taʼsir koʻrsatish, shu jumladan, shaxslarning harakatlanish erkinligini cheklash bilan bogʻliq choralarni qoʻllashda qonuniylikka rioya etish, mahkumlar va jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy taʼminot va xalqaro eʼtirof etilgan boshqa huquqlarini taʼminlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga
Shuningdek, ushbu maqsad yoʻlida fuqarolarni yashash joyi boʻyicha hisobga olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish, jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish, ushbu yoʻnalishda maxsus qonun qabul qilish,
Navbatdagi asosiy maqsad davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish, fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirishni nazarda tutadi. Bunda, asosiy vazifalar sifatida maʼmuriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qoʻllash sohasini kengaytirish, «
“Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish orqali qonuniylikni qatʼiy taʼminlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yaratish, tezkor-qidiruv va tergov faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini samarali himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimini tubdan isloh qilish, jinoyatlarni yashirish holatlarining oldini olishda zamonaviy usullardan foydalanish kabi vazifalar belgilangan.
Yana bir asosiy maqsad sud va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning muqobil, suddan tashqari usullaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish bilan bogʻliqdir.
Shu bilan birga, ushbu maqsad doirasida majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni (sud hujjatlari bundan mustasno) xususiy sektorga oʻtkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish vazifasi ham nazarda tutilgan.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga boʻlgan talabini toʻliq qondirish hamda faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va fuqarolar oʻrtasida qonunga hurmat hissini shakllantirish kabi ulugʻ maqsadlar belgilangan boʻlib, mazkur maqsadlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga yordam beradi.
Umuman, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksaltirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻshimcha huquqiy kafolatlarni belgilashga va eng asosiysi, yurtimizda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash orqali “Inson qadri uchun” tamoyilini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.
Sardor SUVONOV,
Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo
maʼmuriy sudining sudyasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring