Tanzila Norboyeva Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turgan qator davlatlar ombudsmanlari bilan uchrashdi
Senat Raisi Tanzila Norboyeva Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining 29-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Vengriya, Italiya, Qirgʻiziston, Marokash, Moʻgʻuliston, Turkiya ombudsmanlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Inson huquqlarini taʼminlash sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro majburiyatlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Oʻzbekiston Ombudsmani tomonidan dunyodagi 50 ga yaqin mamlakatlarning, shu jumladan Amerika, Yevropa, Osiyo, MDH davlatlarining ombudsmanlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.
Dastavval mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Ombudsman tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida qoʻllanilayotgan taʼsir choralari va mexanizmlariga toʻxtalib oʻtildi.
Inson huquqlari sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarning qabul qilinishi va takomillashib borishi Ombudsman institutiga fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi vakolatlari hamda natijadorligining oshishiga turtki boʻlgani aytib oʻtildi.
Oʻz navbatida, mehmonlar Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuksak baholab, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq Ombudsman institutiga qonunchilik tashabbusi sifatida parlament quyi palatasiga qonunchilikka oid takliflarni kiritish huquqi berilganligini eʼtirof etdilar.
Konstruktiv va amaliy ruhda kechgan uchrashuv yakunida xorijiy davlatlarning ombudsmanlari bilan oʻzaro tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
- Dollar kursi koʻtarilishda davom etomoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring