Tanzila Norboyeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga taʼziya maktubini yoʻlladi.
“Krokus Siti Xoll” konsert zalida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida koʻplab begunoh insonlarning hayotdan koʻz yumgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oliy Majlis Senati va shaxsan oʻz nomimdan Sizga va marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman.
Biz tinch aholi vakillariga qaratilgan har qanday hujumni keskin qoralaymiz. Barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi maktubda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring