Tanzila Narbayeva Vedat Ishikxan boshchiligidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi
Bugun, 7-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiya Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan boshchiligidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda, xususan, mehnat, ijtimoiy himoya, taʼlim, savdo, investitsiya va parlamentlararo hamkorlik sohalarida izchil rivojlanayotgani alohida taʼkidlandi.

Suhbat davomida soʻnggi yillarda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgani, muloqotlar va oʻzaro tashriflar faollashgani eʼtirof etildi. Tashriflar doirasida turli yoʻnalishlardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan hujjatlar imzolangani va parlamentlararo aloqalar amaliy mazmun kasb etgani qayd etildi.
Uchrashuvda mehnat muhofazasi, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, aholi bandligini oshirish va kambagʻallikni kamaytirish borasida ham ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tajriba va axborot almashish, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish muhimligiga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliy loyihalarni birgalikda hayotga tatbiq etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va doʻstona aloqalarning mustahkamligini yana bir bor tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring