Tanzila Narbayeva oilaviy bolalar uyiga bordi

20:30 01 Iyun 2024 Siyosat
1557 0

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva «mahalla yettiligi» hamda mahalliy Kengashlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida hududlarga tashrif buyurmoqda. Uning bu galgi manzili Surxondaryo viloyati boʻldi.

Tashrif davomida Tanzila Narbayeva Angor tumanidagi oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish maqsadida 10 nafar bolani oʻz tarbiyasiga olgan Hoshimovlar xonadonida boʻldi.

Senat Raisi bolalarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, ota-onalari bilan suhbatlashdi. Bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ularni oʻqitish, sogʻlomlashtirish, aqliy, psixologik jismoniy rivojlantirish va tarbiyalash borasidagi ishlar holatiga eʼtibor qaratdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?