Tanzila Narbayeva Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisi Raisi Muhammad Bagir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yil 13-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisi Raisi Muhammad Bagir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Eron davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish borasida qonunchilik organlarining ahamiyatini yuksaltirish boʻyicha ham fikr almashildi.
Suhbat yakunida parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olindi. Bu borada mintaqaviy va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, jumladan, Osiyo parlament assambleyasi imkoniyatlaridan ham keng foydalanish nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring