Taniqli shoir Bahodir Iso 69 yoshida olamdan oʻtdi
Foto: Yozuvchilar uyushmasi
Bugun, 25-fevral kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bahodir Iso vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, u 1956-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Dutir qishlogʻida tugʻilgan. 1977-yilda Fargʻona pedagogika institutini tugatgan, biroq faoliyatini asosan adabiyotga, sanʼatga bogʻlagan.
Shoir 1988-yilda nashr etilgan “Xayrli tun” sheʼriy toʻplami bilan muxlislar qalbidan joy olgan.
Uyushma matbuot xizmatiga koʻra, janoza namozi bugun soat 11:00 da Rishton tumanidagi Dutir qishlogʻida oʻqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring