Taniqli oʻzbek pianinochisi Bexzod Abduraimov mashhur Luvrda konsert berdi
Oʻzbek ijrochisining yuqori texnik mahorati barchada iliq taassurot qoldirdi. Oʻzbekistonning taniqli pianinochisi Bexzod Abduraimov Parijdagi mashhur Luvr muzeyida konsert berdi.
Konsert Luvrda davom etayotgan “Markaziy Osiyo ulugʻvorligi. Oʻzbekiston karvon yoʻllarida” koʻrgazmasi doirasida tashkil etildi.
Ushbu madaniy dastur Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida oʻtkazildi.
Konsertda Bexzod Abduraimov Robert Shumanning “Kreisleriana opus 16”, Dilorom Saidaminovaning “Qadimgi Buxoro devorlari”, Modest Musorgskiyning “Koʻrgazmadagi rasmlar” asarlarini mahorat bilan ijro etdi.
Eslatib oʻtamiz, Bexzod Abduraimov 2009-yilda London xalqaro pianinochilar tanlovi laureati boʻlgan. Shuningdek, u Mariinskiy teatri simfonik orkestri, Myunxen filarmonik orkestri, Leypsig Gevandxaus orkestri, Frankfurt radiosi simfonik orkestri, Birmingem simfonik orkestri hamda boshqa koʻplab ansambllari konsertlarida ishtirok etgan.
Oʻzbek ijrochisining yuqori texnik mahorati barchada iliq taassurot qoldirdi. Musiqiy sanʼat kechasiga kelgan tomoshabinlar Bexzod Abduraimovning yuksak mahoratini eʼtirof etish barobarida Oʻzbekistonda musiqa sanʼatini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtiborni alohida taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring