Taniqli murabbiy gʻalaba qozonish uchun Messiga nima yetishmayotganini aytdi
Фото: Reuters
Bonekning aytishicha, Messiga turnirlarda gʻalaba qozonishi uchun Marodonaning mahorati yetishmayapti.
Polshalik taniqli futbolchi va murabbiy Zbignev Bonek Argentina terma jamoasining turli avloddagi ikki yulduzi – afsonaviy Diyego Maradona va terma jamoaning hozirgi yetakchisi Lionel Messini solishtirdi.
«Zamonaviy futbolda bitta oʻyinchi uchrashuv natijasini hal qila olmaydi. Albatta, oʻz oʻyini yoki mahorati bilan ajralib turadiganlar bor, lekin gʻalaba qozonish uchun doimo jamoa kerak. Maradonaning davri oʻtdi. U yolgʻiz oʻzi turnirlarda gʻalaba qozonishni bilardi va buning uchun Messiga jamoa kerak. Ammo Argentina terma jamoasi, shubhasiz, gʻalaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega», deydi Bonek.
Shu yilning 25-noyabr kuni Maradona vafot etganiga ikki yil toʻldi. Argentina terma jamoasi va «Napoli»ning mashhur hujumchisi 1986-yilda jahon chempionatida gʻolib chiqqan, 1990-yilda esa turnirning kumush medali sovrindori boʻlgan.
Qatarda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida argentinaliklar ilk uchrashuvda Saudiya Arabistoni termasiga (1:2) magʻlub boʻlishdi. Faoliyatida beshinchi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Messi muxlislar va mutaxassislar tomonidan jiddiy tanqidga uchradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring