Taniqli ijodkorning tanlangan asarlari chop etildi
Yozuvchilar uyushmasida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning koʻp jildli “Tanlangan asarlar”i taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yozuvchi-shoirlar, adabiyot ixlosmandlari, shoirning doʻstu yaqinlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
— Usmon Azim sheʼriyatimizning zabardast vakili, adabiyotimizning katta ustunlaridan biridir, — dedi Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid. — U hech qachon soʻzga, adabiyotga xiyonat qilmagan. Oʻylaymizki, ushbu toʻplam xalqimiz koʻnglidan munosib joy egallaydi.

Toʻplamning 1-2 jildlari allaqachon oʻz muxlislariga ega. 3 jildida “Kuz” va “Fonus”, 4 jildida “Yurak” va “Jimlik”, 5 jildida “Kollaj” va “Koʻngil”, 6 jildida “Bir parcha osmon” nomli toʻplamlaridan olingan eng sara sheʼrlari jam boʻlgan. 7 jildiga esa Usmon Azimning “Saltanat”, “Gʻoz”, “Sohibqiron va usta”, “Qiyomat”, “Samarqand”, “Sevgi” kabi sara hikoyalari kiritilgan.
Adabiy kechada shoir soʻzi bilan kuylanuvchi qoʻshiqlar yangradi, shoir sheʼrlari oʻqildi. Ayniqsa shoirning oʻzi oʻqib bergan yangi sheʼrlari qatnashuvchilarga oʻzgacha zavq bagʻishladi.
Shahrizoda MUSAYEVA,
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston
Milliy universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring