Tanasiga va yuklari orasiga 180 dona “iPhone” telefonlarini bojxonadan yashirib olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxslar fosh boʻldi

12:48 25 Iyul 2025 Jamiyat
169 0

“Navoiy” chegara bojxona posti “iPhone” telefonlarini tanasi va yuklari orasiga yashirib oʻtmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik va Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” chegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini yurtimizga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan 4 nafar shaxslar toʻxtatib qolindi.

Tadbir davomida, qoʻshni davlatdan yurtimizga piyoda holda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida ularning bel qismi va qoʻl yuklari orasiga jami 180 dona “iPhone” rusumli uyali aloqa vositalari xufiyona tarzda berkitilganligi maʼlum boʻldi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur telefonlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 1 milliard 80 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Hozirda, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Telegram” orqali zararli fayllarni tarqatib fuqarolarning 1 milliardga yaqin pullarini oʻmargan kiberfiribgarlar qoʻlga tushgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?