Taʼminotdagi muammolar yechimini topdi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahridagi “Mehmonxona” elektr uzatish tarmogʻiga ulangan isteʼmolchilar sonining keskin ortishi elektr taʼminotidagi uzilishlarga sabab boʻlayotgandi. Yangi yacheyka oʻrnatish orqali bu muammoga chek qoʻyildi.

— Natijada Choʻlpon 100 yilligi nomli MFY va unga yondosh koʻchalarda yashovchi 8 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatish sifati keskin yaxshilandi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon filiali xodimi Muxlisaxon Sobirova. — Buning uchun 2 km masofaga yangi tarmoq tortish ishlari ham amalga oshirildi.

Kuz-qish mavsumida elektr taʼminotidagi uzilishlar soni keskin ortadi. Bunga elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning ortishi, noqonuniy ulanishlar va isteʼmolchilar sonining koʻpayishi kabi holatlar sabab boʻladi. Ayrim hollarda favqulodda vaziyatlar tufayli nosozlik yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish, taʼminot sifatini yaxshilash maqsadida joriy yilning oʻzida viloyat boʻyicha 28,4 km uzunlikdagi tarmoqni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda 10 ta transformatorni taʼmirlash ishlari bajarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring