“Talimarjon IES”da 1065 megavatt quvvatli yangi bugʻ-gaz qurilmalari ishga tushirildi
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida joylashgan “Talimarjon IES”da umumiy quvvati 1065 megavatt, loyiha qiymati esa 944,87 million AQSH dollari boʻlgan yangi bugʻ-gaz qurilmalari ishga tushirildi.
Mamlakatimiz energotizimida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu loyiha bir qator xorijiy va mahalliy moliya tashkilotlarining koʻmagi hamda Ispaniya, Yaponiya, Turkiya kabi davlatlarining yirik kompaniyalari pudratchiligida amalga oshirildi.
- Ushbu bugʻ-gaz qurilmalari orqali korxonada yiliga 8 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yuqori tejamkor texnologiyalarni qoʻllash hisobiga yiliga 300 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi, - deydi “Talimarjon IES” AJ bosh direktori Jasur Pirmanov. – Qurilma Yaponiya, Koreya, Xitoy va AQSH kabi yetakchi mamlakatlardan keltirilgan eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, toʻliq avtomatlashtirilgan holda boshqariladi.

Yangi loyiha Samarqand va Buxoro viloyatlari isteʼmolchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini va yana koʻplab aholi punktlarini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Eʼtiborli tomoni, yangi loyihaning ishga tushirilishi natijasida korxonada yana 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring