Talabaning tashabbusi amaliyotga joriy qilindi

2024-yil noyabr oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning Termiz davlat pedagogika instituti iqtidorli yoshlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti davomida o‘zbek tilining nufuzini oshirish maqsadida “Bexato yozaman” tanlovini o‘tkazish taklifi ilgari surilib, vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.
Mazkur tashabbus doirasida institutda ilk bor nofilologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Bexato yozaman” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tanlov nizomi talablariga muvofiq uchta shart asosida bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ona tiliga hurmat va savodxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zoʻrlagani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berildi
- Surxondaryodagi bozorda begona ayol 3 yoshli qizchani pichoqladi
- Temir panjara ortidagi tarix haqiqati
- “Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
- CEFR imtihonining oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi
- Eldor Shomurodovning asosiy raqobatchisi “boʻrilar toʻdasi”dan haydalishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring