Talabalar parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Parlament yuqori palatasi aʼzolari muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari, maqsadlari, Senat faoliyatidagi yangiliklar yuzasidan muloqot oʻtkazib kelmoqda.
Xususan, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Senatning asosiy faoliyati, xususan parlament yuqori palatasining qonun ijodkorligi, qonunlar ijrosi boʻyicha parlament nazoratini olib borishning ayrim jihatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda dolzarb qonunlarni qabul qilish, davlat dasturlarining ijrosini taʼminlash, parlament nazoratini olib borish, ijro organlari va mansabdor shaxslarning xalq oldidagi hisobdorligini oshirish parlament faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari ekanligi qayd etildi.
Suhbat davomida Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarining faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham toʻxtalib oʻtildi.
Senatning mahalliy Kengashlar va yoshlar bilan hamkorligi, qonunlar muhokamasida hududlar manfaati qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi bilan bogʻliq shuningdek, parlament yuqori palatasi faoliyatiga taalluqli koʻplab savollariga javob oldi.
Talabalar Senat qoʻmitalari hamda devoni ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya sohalarida olib borilayotgan islohotlar, sohani tartibga solishning huquqiy asoslari yuzasidan ham axborotga ega boʻlishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring