Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
Foto: Gazeta.uz
Talabalar ijara toʻlovlarini bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berishlari mumkin. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati oʻz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Qayd etish kerakki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi boʻyicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratilgandi.
Ariza berish quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1️) kontrakt.edu.uz axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️) shaxsiy kabinetdan “Ijara toʻlovlari” boʻlimi tanlanadi;
3️) “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, bunda 1 bosqich talabalaridan joriy oʻquv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Shunga qaramasdan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi boʻlishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati esa http://ijara.soliq.uz orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring