Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi
Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi ushbu jangni xohlaydi va “Professional Fighters League” (PFL) tashkiloti ham bu masalada ishtirok etmoqda. Bu jang faqat shou emas, balki Jeyk Polning MMAdagi professional debyuti sifatida ham tarixda qolishi mumkin.
Jeyk Pol ushbu rejalarni matbuot anjumanida eʼlon qilgan boʻlib, u nafaqat Chaves Jr. bilan boʻladigan navbatdagi boks jangi haqida, balki MMA karerasini boshlash istagi haqida ham ochiq gapirdi. U Xolli Xolm kabi jangchilarning yoʻlidan borib, oktagonda ham oʻzini sinab koʻrmoqchi ekanini bildirdi.
Usik esa hozirgi vaqtda bokschilar orasida eng yuqori darajadagi sportchilardan biri sanaladi. Uning MMA jangiga kirishishga tayyorligi bu bellashuvni yanada muhimroq va shov-shuvliroq qiladi. Agar bu jang amalga oshsa, bu nafaqat ikki mashhur sportchi oʻrtasidagi duel, balki professional boks va MMA oʻrtasidagi chegaralarni yangitdan belgilab beruvchi tarixiy voqea boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring