Tailanddagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni Tailandda yuz bergan zilzila munosabati bilan ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi. Xabar konsullikning “Instagram” sahifasida eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Mahalliy vaqt bilan soat 16:00 ga qadar 28-mart kuni Tailandda roʻy bergan kuchli zilziladan soʻng jarohat olgan Oʻzbekiston fuqarolari aniqlanmagan.
“Biz Tailandning tegishli idoralari bilan aloqadamiz va vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz”, — deyiladi xabarda.
Yordamga muhtoj Oʻzbekiston fuqarolari +66 2 675 3995 raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari yoki diplomatik missiyaning “Instagram” sahifasiga murojaat yoʻllashlari mumkin. Tailanddagi yer silkinishlarining magnitudasi 7,4 ni tashkil qilgan.
Avvalroq Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻlgani va u qoʻshni davlatlar, jumladan, Tailand poytaxti Bangkokda ham sezilgani haqida maʼlum qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring