Tailandda ogʻir kasallikka chalingan yurtdoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi

13:46 30 Mart 2025 Jamiyat
172 0

Tailandning Pattaya shahrida ogʻir kasallikka chalingan oʻzbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Unga koʻra, shu yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston fuqarosi I.S. Tailandning Pattaya shahrida insultga chalinishi natijasida shoshilinch tarzda kasalxonaga yotqizilib, ogʻir jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgan. Amalga oshirilgan muolajalarga qaramay, bemor tanasining chap tomoni ishlamay qoldi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro I.S. Tailandga ishlash maqsadida kelgan, ammo tibbiy sugʻurta olmagan, shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini ham tuzmagan. Natijada tibbiy xarajatlarni toʻlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Bunday holatlar koʻpayib borayotgani munosabati bilan Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi Oʻzbekiston fuqarolariga chet elga sayohat qilish yoki ishlash uchun ketayotganda tibbiy sugʻurta olish, shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzish zarurligini eslatib oʻtgan. Ushbu chora-tadbirlar favqulodda vaziyatlarda himoya va zarur yordam olishda asqatadi.

“Bosh konsulxona xorijda ogʻir ahvolda qolgan mamlakatimiz fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish ishlarini davom ettirmoqda. Biz barcha fuqarolarni chet elda boʻlish vaqtida oʻz salomatligiga eʼtiborliroq boʻlishga chaqiramiz”, – deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер