Tailandda boʻlib oʻtayotgan para kanoe boʻyicha Osiyo chempionatida Iroda Rustamova 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

18:39 26 Mart 2022 Sport
1683 0

Foto: Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

Tailandning Pattayya shahrida boʻlib oʻtayotgan para kanoe boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.

VL2 (kanoe) hamda KL2 (baydarka) klasslarida ayollar oʻrtasida hamyurtimiz Iroda Rustamova 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi. Sportchimiz baydarkada 1:25.967 soniya, kanoeda esa 1:05.950 soniya natija qayd etdi.

Vakilimiz bilan birga eronlik va hindistonlik para kanoechilar ham shohsupaga koʻtarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?