Tailand kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

23:20 21 Iyul 2022 Sport
783 0

Tailandning Chonburi shahri xalqaro sport musobaqalarining oʻziga xos markazlaridan biriga aylangan, deyish mumkin. Mamlakat poytaxti Bangkok shahridan 70 km. uzoqlikdagi Chonburida har yili juda koʻplab sport turlaridan jahon va qitʼa chempionatlari, xalqaro turnirlar oʻtkazib kelinadi.

Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan ham keyingi yilda Bangkok va Chonburi shaharlariga Yopiq inshoatlardagi jang sanʼatlari boʻyicha VI Osiyo oʻyinlari mezbonligi ishonib topshirilgan. Mazkur Osiyo oʻyinlari dasturidan milliy kurashimiz ham rasman oʻrin olgan.

Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi joriy yilning 4-8-sentyabr kunlari yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini Chonburi shahrida oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Chempionatda qitʼamizning 20 yoshgacha boʻlgan eng kuchli sportchilari ishtirok etishadi.

6-sentyabr – Kurash kuni arafasida oʻtkaziladigan qitʼa birinchiligi doirasida Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan hakamlar uchun 1-2 yulduzli IKA Referee imtihonlari ham boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?