Tailand Kambodjani sudga berish niyatida: mojaro oqibatida shifoxonalarga yetkazilgan zarar 4,5 million dollarga yetdi

17:33 07 Avgust 2025 Dunyo
184 0

Foto: Al Jazeera

Tailand Sogʻliqni saqlash vazirligi chegaradagi qurolli toʻqnashuvlar vaqtida mamlakat shifoxonalariga yetkazilgan zarar yuzasidan Kambodjaga qarshi sudga murojaat qilishini maʼlum qildi, deb yozmoqda TASS agentligi.

Tailand sogʻliqni saqlash vaziri Somsak Txepsutxinning aytishicha, mahalliy tibbiyot muassasalariga yetkazilgan zarar taxminan 146 million batni ($4,5 million) tashkil etgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Tailandda jami 20 ta shifoxonaga shikast yetkazilgan. Ulardan 5 tasi faoliyatini toʻliq tiklagan, 12 tasi qisman ishlamoqda, qolgan 3 tasi esa hozircha tibbiy xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan.

Shuningdek, 149 ta mahalliy tibbiy xizmat koʻrsatish punkti ham jabrlangan — ularning aksariyati hanuz yopiq holda qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Tailand va Kambodja oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar 24-iyuldan 28-iyulgacha davom etgan. 28-iyul kuni tomonlar oʻzaro otishmani toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер