Taekvondochi Ozoda Sobirjonova qiyin kechgan bahsda jahonning 3-raqamli sportchisiga yutqazib qoʻydi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ozoda Sobirjonova (-67 kg) birinchi davra bahsini oʻtkazdi.
Jahonning 3-raqamli sportchisi serbiyalik Aleksandra Perishich bilan jang qilgan Sobirjonova 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Perishich finalgacha yetib borsa, Sobirjonova bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Sobirjonova Ozoda Obidjon qizi 2002-yilning 7-dekabr sanasida Jizzax viloyati Zomin tumanida dunyoga kelgan.
2017-yildan beri Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. 2018-yil yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida kumush, 2019-yil tengqurlari orasidagi qitʼa birinchiligida bronza medali sohibiga aylangan. “Xanchjou-2022” Osiyo oʻyinlarida aralash jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqqandi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring