Taekvondo: Jasur Jaysunov “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibiga aylandi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
-80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov turnir gʻolibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Qayd etish joiz, ushbu turnir litsenzion xarakterga ega boʻlib, dekabr oyida oʻtadigan yana bir “Katta dubulgʻa” musobaqasi yakuniga koʻra, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining dastlabki litsenziatlari aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring