Taekvondo va ushu O‘zbekiston terma jamoasiga yana ikkita medal taqdim etdi
Foto: «Xalq so‘zi»
Xitoyning Hanjou shahrida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallar qo‘lga kiritishni davom ettirmoqda.
Jumladan, taekvondochimiz Charos Qayumova ham o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozdirib qo‘ydi. -53 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz yarim finalda Xitoy Taipeyi vakilasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi. Eslatib o‘tamiz, bu bilan tayekvondochilarimiz jamg‘argan medallar soni uchtaga yetdi.



Ushuchimiz Darya Latisheva ham bugun delegesiyamiz hisobiga yana bir medalni taqdim qildi. Sportchimiz nankuan va nandao dasturlari yakuniga ko‘ra, Xitoy hamda Malayziya vakillaridan keyin bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu Darya uchun Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medal. Hamyurtimiz 2018-yilgi musobaqada kumush medal sohibiga aylangan edi.






O‘zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida to‘plagan medallari soni 20taga yetdi. 5ta oltin, 6ta kumush, 9ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan vakillarimiz umumiy jadvalda Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin 4-o‘rinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring