Tadqiqot: Smartfonlar semizlikni keltirib chiqarishi mumkin

15:47 12 Dekabr 2022 Jamiyat
735 0

Venesuela olimlari oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, kuniga 5 soatdan koʻp smartfonlardan foydalanish semirish xavfini 43 foizga oshirishi mumkin.

Agar bu holat “kompyuter+smartfon” kombinatsiyasi asosida, turli virtual oʻyinlar oʻynash tarzida kechsa, zarar koʻlami yanada ortadi.

Qolaversa, bir joyda oʻtirgan yoki yotgan holatda uzoq vaqt ekrandan koʻz uzmaslik nafaqat ortiqcha vazn, balki koʻrish qobiliyati zaiflashishiga ham sabab boʻladi.

Bundan tashqari, gadjetlardan meʼyoridan koʻp foydalangan kishilar odatda sogʻlom va oʻz vaqtida ovqatlanish tartibiga ham toʻliq amal qilishmaydi. Bu holat organizmda boshqa qator xavfli kasalliklar paydo boʻlishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?