Tadqiqot: Respirator virusli kasalliklar xavfini kamaytirish usuli topildi
Mavsumiy xastaliklar, xususan, gripp, OʻRVI avj olgan pallalarda xonalarni tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Bu — viruslar koʻpayishiga qarshi sinovdan oʻtgan samarali usul.
Ammo har ishda boʻlgani singari ushbu profilaktik chorani qoʻllashda ham meʼyor muhim. Yaʼni yopiq bino va inshootlar, yashash xonalari hamda ish kabinetlari keragidan ortiq shamollatilsa, havo namligi kamayib, respirator viruslar tarqalishi osonlashishi aniqlandi.
AQSHning “PNAS” yetakchi ilmiy jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot natijalari ayni shu masalaga bagʻishlandi.
Mualliflar xulosasiga koʻra, vodorod peroksidi suv mikrotomchilarida mustaqil ravishda paydo boʻla oladi. Ushbu modda nafas olish, aksirish, yoʻtalish chogʻida bemorlardan havoga ajraladigan suyuqlik tarkibidagi virusni yoʻq qilish xususiyatiga ega.
Tadqiqot davomida havo namligi 15 foizdan 50 foizgacha boʻlgan yopiq muhitda vodorod peroksidi konsentratsiyasi 3,5 baravar oshishi qayd etildi. 50-95 foiz oraligʻidagi koʻrsatkichda esa bu modda deyarli doimiy mavjud boʻladi.
Olimlar mazkur xulosani yana bir eslatma bilan boyitdi: namlik darajasi past boʻlganda, virus quruq holatda havoda uzoq vaqt saqlanadi. Bu esa uning bemorlarga yuqish xavfini oshiradi.
Shu bois uy ichidagi nisbiy namlik darajasi 40 foizdan 60 foizgacha boʻlishini taʼminlash viruslardan himoyalanishning samarali usuli sifatida tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring