Tadqiqot: Itlar tush koʻradimi?
Itlar uyqu paytida odamlarga oʻxshash tushlarni koʻrishlari mumkin. Buni oʻtkazilgan tadqiqotlar tasdiqlamoqda.
«Itlar oʻz tushlarida egalari bilan oʻynash, begonalarni quvish yoki boshqa jonzotlar bilan muloqot qilish kabi kundalik faoliyatlarini koʻrishadi», deydi tadqiqot oʻtkazgan olimlar.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, itlar ham xuddi insonlar singari uyqusining soʻnggi qismida tush koʻrishadi. Bundan tashqari, tushlar sababli ular turli xil ovozlar chiqarishi yoki alahsirashlari ham mumkin.
«Tezkor uyqu fazasi davriyligining uzunligi sababli kuchukchalar va keksa itlar tez-tez tush koʻrishadi. Odamlarda boʻlgani kabi bu tushlar itlarga oʻz tajribalari va his-tuygʻularini qayta ishlashga yordam beradi. Uy hayvonlari egalari uyqu paytida itlarining qimirlaganini, qichqirayotganini yoki oyoqlarini qimirlatayotganini payqashlari mumkin. Bu harakatlar itlar tush koʻrayotganining belgisi boʻlishi mumkin», deyiladi tadqiqot haqidagi maqolada.
Garvard tibbiyot maktabi psixologi doktor Deyrdre Barret hayvonlarning tush koʻrishini oʻrganib, itlarning tushlari koʻproq ularning kundalik mashgʻulotlari bilan bogʻliqligini qayd etgan.
Insoniyat itlar aynan nimani tushlarida koʻrishlarini aniqlash imkonsiz boʻlsada, ularning bu jarayonlardan oʻtayotgani hayvonlarda ham stress va depressiya kabi psixologik jarayonlarga duch kelishini isbotlab beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring