Tadbirkorlik subyektlarining himoyasini taʼminlash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, huquq va manfaatlarini buzish bilan bogʻliq 260 ta jinoyatga chek qoʻyildi

14:54 18 Dekabr 2023 Jamiyat
213 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati rahbari Nurbek Halimov maʼlum qildi.

Qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyat bilan yashirincha shugʻullangan 212 nafar shaxsga soʻnggi yillarda tadbirkorlik uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar hamda imtiyozlarni tushuntirish va amaliy yordam koʻrsatish orqali ularning faoliyatiga qonuniy tus berildi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi boʻyicha 487 ta huquqbuzarlik aniqlanib, qariyb 14 yarim mlrd. soʻmlik 505,4 ming dona qalbaki aksiz markali alkogolli ichimliklar, shuningdek ushbu ichimliklarni tayyorlash uchun saqlab kelingan 23 ming dona qalbaki aksiz markalar, 4,9 mlrd soʻmlik tamaki ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

25 ta noqonuniy mayning kripto-aktivlari fermalari faoliyatiga chek qoʻyilib, ular tomonidan 31,3 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganliklari aniqlandi.

Kuz-qish mavsumida koʻmir yoqilgʻisini aholi va ijtimoiy soha obyektlariga imtiyozli narxlarda manzilli yetkazilishini taʼminlash borasida kunlik nazorat tadbirlari yanada kuchaytirilib, mazkur sohada qoʻzgʻatilgan 89 ta jinoyat ishi doirasida 43 ming 203 tonna koʻmir talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?