Tadbirkorlik subyektlaridan jami 15 ta faktlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda — qonun loyihasi

11:43 17 Oktyabr 2023 Siyosat
329 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.

Ushbu qonun loyihasi bilan davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan jami 15 ta (diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar) faktlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.

Shunga koʻra, 13 ta qonunga faktlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilmaslik boʻyicha tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Bundan tashqari, advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji miqdori BHMning ikki baravaridan bir baravariga kamaytirish boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilyapti.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi davlat xizmatlari sifatli koʻrsatilishini taʼminlashga, turli toifadagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga, idoralarda fuqarolar haqidagi maʼlumotlar yagona identifikatorlar asosida saqlanishi uchun huquqiy asoslar yaratishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер