Tadbirkorlar tibbiy laboratoriya ochish uchun akkreditatsiyadan oʻtishga oylab vaqt sarflayapti

11:01 07 Fevral 2025 Siyosat
218 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida servisni rivojlantirish boʻyicha vazir va hokimlarda yondashuv har xilligi, birgalikda ishlash yoʻlga qoʻyilmagani koʻrsatib oʻtildi.

Xususan, Xorazmga 6 million mahalliy va xorijiy sayyoh olib kelish reja qilingan boʻlsada, Xorazmga haftasiga 52 ta aviareys va 23 ta poyezd qatnovida tashilayotgan yoʻlovchilar yiliga 800 mingdan oshmayapti. Buxoro va Samarqandga kelgan turistlarning koʻpchiligi Xivaga aviareys boʻlmagani uchun qaytib ketayapti.

Yana bir misol, yetti yilda xususiy klinikalar soni 3 karra oshdi. Koʻp klinikalar olib kelingan brend tibbiy uskunalarni roʻyxatdan oʻtkazish 6 oygacha choʻzilayotganidan norozi boʻlib, chetdan keladigan uskunalarni soddalashgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish taklifini beryapti.

Joylarda tibbiy laboratoriya ochish uchun tadbirkorlar akkreditatsiyadan oʻtishga oylab vaqt sarflayapti. Toʻsiqlar juda koʻp. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, har bir viloyatda 10 nafardan shunday tadbirkorlar bor. Ular 1 million dollardan pul tikib, laboratoriya ochishga tayyor.

Tibbiyot, aviatsiya va energetikada xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar 20 milliard dollardan oshdi.

Lekin, ichimlik suvi, kanalizatsiya va yoʻl qurilishida bunday loyihalar deyarli yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi. Sharoit yaratib berilsa, 1 milliard dollar sarmoya kiritib, 10 mingta ish oʻrni qilaman, degan mahalliy tadbirkorlar juda koʻp.

Uch yil oldin 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo va servis obyektlari qurish boʻyicha imtiyoz berilgan. Oʻtgan davrda 209 ta bunday obyektlar qurildi. Lekin, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz.

Soʻnggi toʻrt yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 700 million dollar olib kelindi, bu yil yana 350 million dollar jalb qilinadi. Buning hisobiga kamida 20 mingdan ziyod veterinarga ehtiyoj paydo boʻladi. Birgina Buxoroda 250 nafar veterinarga talab bor.

Yil yakunigacha xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmati hajmini 5 baravarga oshirish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер