Tadbirkorlar “yemagan somsasi uchun” pul toʻlamaydi

“Sherobod sement zavodi” MCHJga “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan 1 mlrd soʻmga yaqin asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Raqobat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yilning oktyabr oyidagi “Sherobod sement zavodi” MCHJning murojaati kelib tushgan.
Ushbu murojaatda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan “Sherobod sement zavodi” MCHJga tarif rejalarini hisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi hamda oldindan toʻlangan mablagʻlar inobatga olinmaganligi, shu sababli asossiz qarzdorlik hisoblanganligi keltirib oʻtilgan.
Oʻrganish jarayonida, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan 2022-yil iyul va avgust oylarida gaz uchun qoʻllanilgan tarif (narx)lar notoʻgʻri hisoblanganligi aniqlandi.
“Sherobod sement zavodi” MCHJ 2022-yil 3-avgustgacha “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ tarkibiga kirgan. Ushbu vaqtda gaz taʼminotiga oldindan toʻlov qilinganligi hamda “Sherobod sement zavodi” 2022-yilda MCHJ sifatida ajralib chiqqandan soʻng 2022-yil avgust oyi uchun eski tarif rejasi boʻyicha bir metr kub uchun 1300 soʻm yechib olinganligi aniqlandi. Aslida esa MCHJ uchun bir metr kub gaz 1000 soʻm etib belgilangan. Shu sababli tadbirkorlik subyektiga ortiqcha 1 mlrd soʻmga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.
Natijada, mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialiga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, asossiz hisoblangan mablagʻni “Sherobod sement zavodi” MCHJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish toʻgʻrisida qaror va koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring