Tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

14:24 15 Iyul 2023 Jamiyat
994 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan “HUDUDGAZ” Toshkent gaz taʼminoti xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.N.» MCHJ rahbari M.A. MCHJning avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasiga oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir oʻtkazish orqali 4,1 mln. kub tabiiy gazdan oʻgʻrilik yoʻli bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd. soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon, Fargʻona va Toshkent viloyati boshqarmalarining tuman-shahar boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Marhamat tumanidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida, Rishton tumanidagi oilaviy shifokorlik punktida, Oqqoʻrgʻon tumanidagi fermer xoʻjaligi dalasida hamda Fargʻona shahridagi savdo doʻkonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 215,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi fosh etilgan. 

Xuddi shunday, Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.N.» fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari xoʻjalik suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab jami 130 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda “O.B.» MCHJ rahbari avtomobillarni yuvish shoxobchasi elektr hisoblash uskunasi tamgʻasini buzib, unga tashqi taʼsir oʻtkazish orqali 119,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?